Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zangiotada harbiy shaharcha qurildi (video)

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 dekabr kuni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismga tashrif buyurgan edi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» kanali maxsus videoreportaj tayyorladi.

Davlatimiz rahbari, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni tomonidan berilgan topshiriqqa muvofiq, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda harbiy qism qayta tashkil etilib, yangi zamonaviy harbiy shaharchada joylashtirilgan edi.

Prezident bu yerdagi sharoitlar, o‘quv-tarbiya jarayoni, zamonaviy ta’lim vositalari, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qay darajada joriy etilgani bilan tanishdi.

Tashrif chog‘ida harbiy xizmatchilar, vazirlik va idoralar, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi rahbariyati, texnika yo‘nalishidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan suhbat qurdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring