Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zangiotada «Matiz» haydovchisi urib yuborgan 20 yashar qiz vafot etdi

Zangiotada «Matiz» haydovchisi urib yuborgan 20 yashar qiz vafot etdi

Foto: Toshkent viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi

Zangiota tumanida «Matiz» avtomashinasi ishtirokida ro‘y bergan YTH 20 yoshli qizning o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2018-yil 25-mart kuni soat 02.00 larda Bekobod tumanida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan, D.M. «Matiz» rusumli avtomashinani Zangiota tuman, Dadaxo‘jayev ko‘chasidan o‘tgan «Toshkent-Sergeli» avtomobil yo‘lining 1-kilometrida boshqarayotib, piyoda, Surxondaryo viloyatida yashovchi, 1997-yilda tug‘ilgan, M.Qobilovani urib yuborgan.

Oqibatda M.Qobilova og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan. Kasalxonada ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay piyoda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring