Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zangiotada suvdan maqsadsiz foydalanganlar javobgarlikka tortildi

Zangiotada suvdan maqsadsiz foydalanganlar javobgarlikka tortildi

Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiyaning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan tumandagi qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanuvchi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalari o‘rtasida o‘tkazilgan qator tadbirlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan kerakli ko‘rsatmalar berilib, huquqbuzarliklar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rib kelinmoqda.

Jumladan, Zangiota tumani Turkiston massivida “H” (nomi o‘zgartirilgan) fermer xo‘jaligi hududdagi Suv iste’molchilari uyushmasi bilan shartnoma tuzmasdan suvdan o‘zboshimchalik bilan foydalanib, oqib kirayotgan suvni qarovsiz holda qoldirib kollektor-drenaj tarmog‘iga maqsadsiz oqizib quyilgani aniqlangan.

Ularga Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to‘g‘risida”gi nizomining 43, 50, 52, 53-bandlari talabi buzilgani tushuntirilgan.

Yuqoridalarga asosan, “X” fermer xo‘jaligi rahbari T.H. o‘zining xatti-harakatlari bilan suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini buzib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘g‘atilib, tuman ma’muriy sudiga yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring