Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zangiotalik fuqaroning uyidan katta miqdorda giyohvandlik moddalari topildi

Zangiotalik fuqaroning uyidan katta miqdorda giyohvandlik moddalari topildi

Joriy yilning 12-oktyabr kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbir davomida «Yuqori Darxon» MFYda yashovchi A.R. uyining omborxonasi, yerto‘lasi va yotoqxonasidan 18 kg. 241,5 gr. «marixuana»; 15 kg. 914 gr. «ko‘knor» va 0,9 gr. «gashish» giyohvandlik moddalari topilib, daliliy ashyo sifatida olindi.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jami 34 kg. 156 gr. giyohvandlik moddalari olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring