Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zarafshonda xayrli ish: «Tekin taksi» loyihasi yo‘lga qo‘yildi

Zarafshonda xayrli ish: «Tekin taksi» loyihasi yo‘lga qo‘yildi

Foto: «Xabar.uz»

Zarafshon — azaldan ilm-ma’rifat, tafakkur gullagan, zaminimizning, ta’bir joiz bo‘lsa, oltin bo‘lagi hisoblanadi. Bu shaharda hayot qaynaydi, yangi g‘oyalar ustida ishlanadi, ularni ro‘yobi uchun harakat qilinadi.

Shu yilda yana bir xayrli ish amalga oshirildi. Ya’niki, Zarafshon yoshlari tomonidan yangi «Tekin taksi» loyihasi ishlab chiqildi: shahardagi qariyalar, nogironlar, yosh bolali va homilador ayollarga kamtarona ko‘mak berish niyatida bozor, kasalxona hamda jome’ masjidlari yoniga taksilar bepul tarzda tashkil etildi. «Bu bilan  bir kunda 500 nafardan ortiq aholiga beminnat yordam ko‘rsatildi. Loyiha haftaning har juma kuni amalga oshiriladi», — deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Zarafshon shahar kengashi raisi Iftixor Saidov.

Foto: «Xabar.uz»

«Umidli yulduzlar» MChJ bilan hamkorlikda  amalga oshirilayotgan ushbu loyihaga ko‘ra,   har bir taksiga bir nafardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Zarafshon shahar Kengashining faol yoshlari  biriktiriladi. Taksiga chiqqan yo‘lovchilarning yordam berilib, yuklari xonadonlarigacha  yetkazib berilmoqda. «Shu kunlarda havo sovuq. Bunday vaqtda ko‘chada piyoda yurish nuroniylar, bolali ayollarga, bemorlarga og‘irlik qiladi. Bu loyiha biz qariyalar uchun ayni muddao. Baraka topishsin og‘irimizni yengil qilayotgan yoshlar», —  deydi Rustam ota Salimov.

Nimayam derdik: xayrli loyiha bardavom bo‘lsin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring