Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zilzila haqida ma’lumot beruvchi mobil ilova yaratiladi

Zilzila haqida ma’lumot beruvchi mobil ilova yaratiladi

«O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–4794, 30.07.2020-y) qabul qilindi.

Qaror bilan:

  • seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xafvsizlikni ta’minlash sohasidagi mas’ul davlat organlari belgilandi.

Hukumat tarkibiy tuzilmasida ushbu sohani muvofiqlashtuvchi sho‘’ba va tegishli jamg‘arma tashkil etildi.

Qarorga ko‘ra:

  • 2021-yil 1-apreldan seysmik faol hududda joylashgan mavjud bino va ishootlar, ko‘p qavatli turar joylarning seysmik zaifligini baholashga xizmat qiluvchi;
  • 2021-yil 1-maydan yangi qurilishi rejalashtirilayotgan ko‘p qavatli bino va inshootlarning konstruktiv tizimi, qurilish maydonining seysmiy darajasi kabilarni nazarda tutuvchi elektron texnik pasportlar shakllantiriladi.

Shuningdek, qarorga muvofiq:

  • 2021-yil 1-aprelga qadar aholiga sodir bo‘lgan zilzila bo‘yicha to‘liq ma’lumot beruvchi mobil ilova yaratiladi.
  • 2020-yil 1-noyabrga qadar barcha suv omborlari va gidrotexnika inshootlarining seysmik mustahkamlik holatini baholash bo‘yicha ekspress uslubiyot ishlab chiqiladi.

Qaror bilan Respublikada seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimini takomillashtirish dasturi qabul qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring