Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«ZTE» kompaniyasini qutqarish borasida kelishuvga erishildi

«ZTE» kompaniyasini qutqarish borasida kelishuvga erishildi

Foto: «The National»

«The Wall Street Journal» nashri AQSh va Xitoy hukumatlari o‘rtasida savdo masalalarini tartibga solish to‘g‘risida bitim imzolanganini ma’lum qildi. Muhokama qilingan masalalardan biri — «ZTE» kompaniyasiga Amerika kompaniyalarining texnologiyalari va komponentlarini sotish taqiqi bo‘ldi. Mazkur taqiq Eron va Shimoliy Koreyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar buzilganidan so‘ng qabul qilingandi, deb xabar beradi «Hi-tech.mail.ru».

Agarda bitim amalga oshgudek bo‘lsa, «ZTE»dan taqiq olib tashlanadi. Buning uchun kompaniya katta miqdorda jarima to‘lashi va o‘z rahbariyatida keng ko‘lamli o‘zgarishlarni amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da, «ZTE» «yashab» ketishi mumkin, chunki Amerikaning «Qualcomm» va boshqa ishlab chiqrauvchilarining texnologiyalarisiz kompaniya umuman ishlay olmaydi. Bundan tashqari «ZTE» AQShda eng ko‘p sotilgan smartfonlar reytingida to‘rtinchi o‘rinni egallaydi, shunday ekan mazkur bozor xitoyliklar uchun o‘ta muhim hisoblanadi.

Bitim doirasida Xitoy hukumati AQSh qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga qo‘yilgan yuqori tariflardan voz kechishga va’da berdi. Jumladan, har ikki taraf ham hozircha bitim imzolanganini rasman e’lon qilganicha yo‘q.

Xitoyning «ZTE» kompaniyasi Tramp ma’muriyati unga Qo‘shma Shtatlarda ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlardan foydalanishga taqiq qo‘yganidan so‘ng, «o‘zining yirik operatsion faoliyati»ni to‘xtatishga qaror qilgandi.

«ZTE» kompaniyasi dunyoning 160 mamlakatida o‘z biznesini yuritadi, kompaniya xodimlari soni 75 000 dan ortiqni tashkil etadi. Amerika bozorida «ZTE»ning ilk smartfonlari 2011-yilda kirib kelgan. Kompaniyaning AQSh bozoridagi ulushi 25 foizni tashkil etgan. Bundan tashqari «ZTE» Milliy basketbol assotsatsiyasining bir nechta jamoasiga ham homiylik qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring