Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulaziz Komilov Indoneziya elchisini qabul qildi

Abdulaziz Komilov Indoneziya elchisini qabul qildi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2019-yilning 13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Indoneziya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Sunario Kartadinatuni qabul qildi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Elchi Vazirga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida so‘nggi ikki yilda O‘zbekiston – Indoneziya muloqoti yangi bosqichga ko‘tarilgani va bunga ikki davlat rahbarlarining 2017-yilda Pekin shahridagi uchrashuvida zamin yaratilgani qayd etildi.

2018-yilda o‘zaro savdo aylanmasi 1,8 barobarga o‘sdi, Indoneziyaning yetakchi iqtisodiy tuzilmalari O‘zbekistonda kimyo sohasidagi yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kirishdi, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida paxta yetishtirish va uni qayta ishlash klasterlarini yaratishda, Samarqand viloyatida mehmonxonani ta’mirlash ishlarida ishtirok etmoqda. Shuningdek, bir davlatning fuqarolari ikkinchisiga tashrif buyurganda bir-birlari uchun 30 kun muddatgacha bo‘lgan davrga vizalar bekor qildi.

Uchrashuvda ikki tomon kun tartibining boshqa masalalari ham muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring