Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abdulaziz Kamilov Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

Abdulaziz Kamilov Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

Foto: «Mfa.uz»

2021-yil 3-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Fransiya Respublikasining Yevropa va tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian bilan telefon orqali suhbatlashdi.

Vazirlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikning holati va istiqbollarini muhokama qildilar.

Turli darajalarda bo‘lib o‘tadigan qo‘shma tadbirlar kun tartibi va jadvali, jumladan, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Fransiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi va «Fransiya-Markaziy Osiyo» shaklidagi 2-vazirlar yig‘ilishini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ayrim mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat yakunida O‘zbekiston TIV rahbari Fransiya tomonini yana bir bor joriy yil iyul oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyaga taklif qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring