Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abdulaziz Komilov Xitoyga boradi

Abdulaziz Komilov Xitoyga boradi

Foto:«Xabar.uz»

Shu yilning 11-12-may kunlari Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov «Xitoy – Markaziy Osiyo» ikkinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyuradi. Bu haqda vazirlik rasmiy saytida xabar berilgan. 

Tadbirda, shuningdek, Xitoy, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari ham qatnashadi.

Tashrif davomida Abdulaziz Komilov Xitoy TIV rahbari Van I bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi va «Ipak yo‘li» 5-Xalqaro EKSPO ochilish marosimida nutq so‘zlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring