Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulaziz Komilov AQSh Prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov AQSh Prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi bilan uchrashdi

Foto: Twitter.com

2019-yilning 17-iyul kuni Vashington shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh Prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Robert Bolton bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston – AQSh munosabatlarining holati va ularni yanada rivojlantirishning istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Jon Bolton Vashington shahridagi Din erkinliklari bo‘yicha ikkinchi vazirlar konferensiyasida bu kabi nufuzli delegatsiya ishtirok etayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Ikki davlat rahbarlari tomonidan 2018-yil may oyida qabul qilingan «O‘zbekiston va AQSh: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi» nomli Qo‘shma siyosiy bayonot, Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi va Prezident Donald Tramp bilan muzokaralar doirasida erishilgan boshqa kelishuvlarni amalga oshirishni davom ettirishga o‘zaro qiziqish mavjudligi e’tirof etildi.

Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikka oid masalalar muhokamasi chog‘ida AQSh tomoni afgo‘nlararo tinchlik muloqoti mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy qayta tiklash, ushbu mamlakatni Markaziy Osiyodagi ko‘p qirrali mintaqaviy aloqalarga jalb etishdagi O‘zbekistonning muhim rolini qayd etdi.

Tomonlar hamkorlikning yangi sohalarini belgilash maqsadida turli darajadagi muntazam aloqalarlarni davom ettirishga kelishdilar.

* * *

Muzokaralar yakuniga ko‘ra Jon Bolton o‘zining «Tvitter»dagi sahifasida quyidagicha qayd qoldirdi: «O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri A. Komilov bilan juda yaxshi uchrashuv o‘tkazdim. Biz tomonlarni qiziqtirgan ko‘plab masalalarni hamda sherikchiligimizni ilgari surishning eng yaxshi choralarini muhokama qildik.

Biz O‘zbekistondagi islohotlarni va ularni butun Markaziy Osiyo mintaqasiga ijobiy ta’sirini olqishlaymiz. AQSh-O‘zbekiston hamkorligining chuqurlashishini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring