Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abdulaziz Komilov Fransiyaning yangi elchisini qabul qildi

Abdulaziz Komilov Fransiyaning yangi elchisini qabul qildi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2019-yilning 13-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Fransiya Respublikasi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Izabel Servoz-Galluchchini qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qila turib, vazir elchini tayinlov bilan qutladi va unga omad tiladi.

Suhbatda ko‘p qirrali O‘zbekiston – Fransiya muloqotini sifat jihatdan yangi darajaga ko‘targan 2018 yilda Fransiyaga rasmiy tashrif doirasidagi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Prezident Emmanuyel Makron bilan olib borgan muzokaralari chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga muhim e’tibor qaratildi, deyiladi xabarda.

Siyosat, iqtisod, turizm, madaniyat va ta’lim kabi sohalardagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan tomonlarning manfaatdorligi tasdiqlandi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring