Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulaziz Komilov Muhammad Hanif Atmar bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Muhammad Hanif Atmar bilan uchrashdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha katta maslahatchisi Muhammad Hanif Atmar boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga amaliy tashrif bilan kelishi haqida xabar bergan edik.

Kecha, 9-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Muhammad Hanif Atmarni qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Afg‘oniston kun tartibining qator masalalari, ba’zi xalqaro va mintaqa muammolari muhokama qilindi. Muzokaralarda asosiy e’tibor turli shakllarda yuqori darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoniga qaratildi.

Suhbatda alohida e’tibor Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik» nomli Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rishga qaratildi.

Muzokaralarda Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchisi Sayid Shahobiddin Timuriy ham ishtirok etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring