Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulaziz Komilov: «Tolibon urushni to‘xtatishga tayyor»

Abdulaziz Komilov: «Tolibon urushni to‘xtatishga tayyor»

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg‘onistondagi tolibon harakati urushni to‘xtatishga tayyor ekanini bildirdi.

«Bugun ertalab (27.12.2019) xabar keldi, Tolibonlar urush, qurol ishlatishni va zo‘ravonlikni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi. Ushbu qaror Afg‘oniston hukumati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni boshlashga yo‘l ochib berishi mumkin. Bu masalani muhokama qilish uchun ikki tomondan delegatsiyalar shakllantiriladi.

Biroq bu bilan Afg‘onistonda tinchlik birdan o‘rnatiladi deb bo‘lmaydi, chunki muzokaralar uzoq davom etadi va umid qilamizki, bir yechimga kelinadi. Shuni ta’kidlash ham kerakki, O‘zbekiston afg‘on xalqiga yordam berishga va tinchlik o‘rnatish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashga hamisha tayyor», — deya xabar berdi Abdulaziz Komilov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring