Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulaziz Komilov va Mayk Pompeo yopiq shaklda muloqot o‘tkazdi

Abdulaziz Komilov va Mayk Pompeo yopiq shaklda muloqot o‘tkazdi

Foto:«Platforma.uz»

O‘zbekiston - AQSh o‘rtasida strategik hamkorlik bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar boshlandi, deya xabar byermoqda Platforma.uz kanali.

AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov o‘rtasidagi muloqotlar ayni paytda yopiq shaklda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mayk Pompeo 2-fevral kuni Toshkentga yetib kelgandi. 3-fevral kuni u Toshkentda «Markaziy Osiyo – AQSh» («C5+1») shaklidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etadi.

AQSh davlat departamenti esa uning 29-yanvar-4-fevral kunlarida Ukraina, Belarus va Markaziy Osiyo bo‘ylab safar qilishi haqida xabar qilgandi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring