Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Afg‘oniston xalqaro terrorchilar boshpanasiga aylanib qolmasligi kerak»

«Afg‘oniston xalqaro terrorchilar boshpanasiga aylanib qolmasligi kerak»

2022 yil 27 may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Toshkentga tashrif bilan kelgan Amerika Qo‘shma Shtatlarining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tomas Vest bilan uchrashgan.

Tomonlar afg‘on xalqini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish va tizimlashtirish zarurligini aytishgan. Shu nuqtai nazardan, Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini yetkazib berishda Termiz shahrida yaratilgan ko‘p funksiyali transport-logistika xabi imkoniyatlaridan foydalanish muhimligi ta’kidlangan.

Afg‘onistonning yangi hukumati keng vakillikka asoslangan hukumat tuzish, inson huquqlariga amal qilish, ayollarning asosiy erkinliklari, shu jumladan, ularning ta’lim olishlari, harakatlanishlari, jamiyat hayotida teng asosda ishtirok etishlari bo‘yicha dunyo hamjamiyatining talablarini bajarishi masalasida yondashuvlarning o‘xshashligi qayd etilgan.

Afg‘oniston zamini boshqa hech qachon turli xalqaro terrorchilarning boshpanasiga aylanib qolmasligi, mintaqa davlatlari va uchinchi mamlakatlar uchun xavf tug‘dirmasligi kerakligi alohida bildirilgan.

Afg‘oniston milliy iqtisodiyotini tiklash, shuningdek, mamlakatda energetika va transport-kommunikatsiya sohalarida loyihalarni amalga oshirish masalalariga kompleks yondashuvni ishlab chiqish muhimligi e’tirof etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring