Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amerikadan navbatdagi mehmonlar keldi

Amerikadan navbatdagi mehmonlar keldi

Liza Kyortis.

Foto: «Asianlite»

O‘zbekistonga AQSh davlat kotibining Afg‘onistondagi yarashish bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod kelishi kutilayotgan edi. Kuni kecha mehmon yurtimiz tuprog‘iga qadam bosdi. Maxsus vakil bilan birga AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari, Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktor Liza Kyortis  ham kelgan.

Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan xabarga qaraganda, AQSh delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi. Shuningdek, mehmonlar O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida ham bo‘lib, muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring