Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Besh partiya, besh xil qarash: fan doktori ular haqida nima deydi?

Besh partiya, besh xil qarash: fan doktori ular haqida nima deydi?

Prezidentlik saylovi jarayonida bo‘lib o‘tayotgan turli tadbirlar, targ‘ibot-tashviqot ishlari hamda nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari qatorida televideniye orqali namoyish etilgan debatlarni ham kuzatdim va bu borada quyidagi fikrlarni bildirishni joizdir.

Debatlarda dastlab so‘z olgan, Ekologik partiyasi nomzodi vakilining chiqishini partiya ilk marotaba prezidentlik saylovlarida ishtirok etayotganligini ma’lum qildi.

Mamlakatimizdagi, mintaqadagi ekologik vaziyatning keskinlashuvi, nafaqat mamlakatimiz balki global miqyosdagi salbiy oqibatlarga olib keladi, buni birgina Orol fojiasi, Orol dengizi muammosidan ham ko‘rish mumkin. Bu aynan insonlarning hatti-harakati, insonlar xatosi bilan ro‘y bergan, shuning uchun biz kelajak avlod oldida aybdor bo‘lib qolmaslik maqsadida hozirdan tegishli chora-tadbirlarni ko‘rishimiz kerak.

Bu borada, ta’kidlash joiz mintaqamizda bir yilda 2200000 tonna zaharli gazlar atmosferaga tarqaladi. Buni oldini olish mumkinmi? Albatta mumkin. Buning uchun Navoiy viloyati Karmana tumanida 110 million AQSh dollari miqdorida 300000 ta quyosh panellari o‘rnatildi, agar shu kabi loyihalar amalga oshirilsa, 80 mln. metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinishi, va e’tiborlisi 160 mln. tonna zaharli gazlarning atmosferaga tarqalishining oldi olinadi.

Asosiy masalalardan biri yashil moliyalashtirishni joriy etish hamda hudud va tarmoqlarning yashil iqtisodiyotga o‘tish indeksi targ‘ib qilinmoqda.

Atmosferaga tarqalayotgan gazlar va chiqindilarning katta qismi sog‘ligimizga katta xavf solmoqda. Shu uchun Ekopartiya nomzodi energetika sohasini isloh qilish lozimligini bong urib aytmoqda. Energetika sohasini isloh qilishda esa asosiy drayver sifatida ilm-fan va innovatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga urg‘u qaratilmoqda.

Asosiy masalalardan biri, bugun mamlakatimiz bo‘ylab 6500 ta chang va turli gazlarni tozalash uskunalari o‘rnatilgan bo‘lib, afsuski shularning 60 foiz bugungi kunga kelib yaroqsiz holga kelgan. Bu sohani rivojlantirish uchun Ekopartiya nomzodi quyidagilarni ilgari suradi.

Sohaga yashil tariflarni kiritish lozim. Umumiy energetika balansida qayta tiklanadigan va muqobil energiya resurslarini 40 foizga chiqarish, shuningdek qurilish sohasida energiya tejamkor texnologiyalarni, yashil texnologiyalarni joriy qilish kerak.

Shuningdek, ekoqishloq va ekohudud  qurish tizimiga o‘tish kerak.

Nomzod dasturida ekomahalla, ekooila va ekofuqaro konsepsiyasi ilgari surilmoqda.

Ijtimoiy masalalarga o‘tadigan bo‘lsak bu yerda umrguzaronlik va savodxonlik masalasiga BMT ham alohida e’tibor qaratadi.

Umrguzaronlikni uzaytirish uchun quyidagi 5 ta masalaga e’tibor qartish lozim.

Toza havo, toza ichimlik suvi, toza oziq-ovqat mahsulotlari, sog‘lom turmush tarzi va sanitariya gigiyena qoidalari.

Ushbu 5 ta masala BMT tomonidan belgilangan Barqaror rivojlanish maqsadalaridagi 17 vazifalarga ham mos keladi va bugungi kunda insonlarning ayniqsa yoshlarning sog‘ligini saqlash muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Ekopartiyaning saylovlardagi bosh shiori «Biz kelajak uchun javobgarmiz» degan shiordan kelib chiqib, atrof-muhitni bus-butun holatda kelajak avlodga yetkazish uchun barchamiz burchlimiz.

Xalq demokratik partiyasi prezident saylovlarida o‘zining ayol nomzodi bilan birinchi marta ishtirok etmoqda. Nomzod dasturida iqtisodiy islohotlarning ijtimoiy samaradorligini kuchaytirish, kambag‘allikni qisqartirish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda. Tan olish kerakki oxirgi yillarda mazkur sohalarda mamlakatmizda salmoqli ishlar amalga oshirildi. To‘liq ishonch bilan aytish mumkinki, bu sohada shaffof tizim shakllanitirildi. Ayniqsa, «Ayollar daftari», «Temir daftar», «Yoshlar daftari» kabi mexanizmlarning amaliyotga kiritilishi joylarda katta muammolarni bartaraf etilishiga olib keldi va buni biz joylarda elektoratimizdan bilib turibmiz. Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilgan ishlar va islohotlarning davom etishi tarafdorimiz.

Biz 2030 yilga borib aholining eng quyi kambag‘al qatlamlarini kambag‘allikdan chiqarish, iqtisodiyotda davlatning boshqaruvchanlik rolini oshirish, moliyaviy mexanizmlarni qo‘llagan holda aholining tabaqalanishini oldini olish jarayonlarini nazoratga olish degan pozitsiyadamiz.  

Biz tadbirkorlar bilan yollanma ishchilar o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlarda aynan yollanma ishchilarning manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish tarafdorimiz.

Davlat bir tomonidan iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi regulyator bo‘lsa, ikkinchi tomondan ijtimoiy himoyani kafolatlashi lozim.

Tan olish lozim, oxirgi yillarda o‘rtacha oylik ish haqi 2,2 barobarga oshdi. Bu albatta mazkur sohada amalga oshirilayotgan ijobiy islohotlarning ijobiy natijasidir. Shunday ijobiy tendensiyalar davomli bo‘lishi uchun keyingi 5 yillikda davlatning asosiy vazifasi aholining bandligini ta’minlash va aholining daromadlari barqaror bo‘lishini ta’minlash, buning uchun hududlarning xususiyatlarini hisobga olgan holda bir qator yirik dasturlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda davlatning bosh-qosh bo‘lishi lozimligi ilgari surilmoqda.

E’tibor qaratadigan bo‘lsak hamma ham bozor iqtisodiyotiga moslasha olmaydi, hamma ham tadbirkor bo‘la olmaydi. Shunday ekan, aholining kam ta’minlangan qatlamlari, nogironlar, himoyaga muhtoj qatlamlar, ishsiz qolgan aholi, nafaqaxo‘rlar kabi ijtimoiy qatlamlarni himoya qilishda davlatning ishtiroki bo‘lishi lozim.

XDP ta’lim sohasida ta’limning sifatli bo‘lishi uchun, tibbiyot sohasida bepul tibbiyotni takomillashtirish, ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan mablag‘larning samarali sarflanishida, shuningdek pensiyalar va nafaqalarni taqsimlashda davlatning ishtiroki bo‘lishi lozim, deb hisoblaydi. Ayrim partiyalar aynan XDPni shu pozitsiyasi uchun tanqidga olishadi, lekin partiyamiz o‘z pozitsiyasida qoladi. 

Biz xususiylashtirish borasida barcha korxonalarni tadbirkorlarga berib qo‘yish maqsadga muvofiq emas deb hisoblaymiz. Hududlarda aynan aholi uchun ish o‘rinlarini yaratidigan korxonalarni yaratishda davlat bosh rolni o‘ynash lozim. Agar korxonalar hamkorlikda tashkil qilindayam davlatning ishtiroki ustun bo‘lishi lozim. 

O‘zLiDeP partiyasi nomzodining vakili o‘tgan yillar davomida mamlakatimizda amalga oshirilgan ulkan ishlarning amaliy natijalarini xalqimiz bevosita ko‘rib, kuzatib turibdi va ta’kidlash joizki, Sh.Mirziyoyev – Xalq prezidenti sifatida xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

O‘tgan 5 yil ichida ro‘y bergan yangilanishlardan eng muhimlaridan biri – bu ochiq dialog boshlanganligi bo‘ldi. Shuningdek, erkin fikrni bildirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Chunki, erkin fikrlaydigan inson iqtisodiyotni rovojlantirishga o‘z fikri bilan qarashi bilan hissasini qo‘shadi.

O‘zLiDeP nomzodi saylovoldi dasturi «Inson qadri uchun» shiori asosida shakllantirilganligi mamlakatimizning barcha fuqarolari qadr-qimmatini oshirish, ularning manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilganligining belgisidir.

O‘zLiDeP nomzodining dasturidan joy olgan elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytirish, ta’lim sohasi – maktabgacha ta’lim, o‘rta ta’lim va oliy ta’lim sifatni oshirish, hozirgi koronavirus pandemiyasi sharoitida tibbiyot sohasiga e’tiborni kuchaytirish, shuningdek yillik yalpi mahsulot ishlab hajmini aholi jon boshiga 4000 ming dollarga yetkazish va daromadi o‘rtacha bo‘lgan davlatlar safiga kirish bo‘yicha takliflarni dolzarb takliflar sifatida qayd etib o‘tish joiz.

«Milliy tiklanish»  demokratik partiyasi iqtisodiyot har bir insonning hayotiga ta’sir qiluvchi soha ekanligini ta’kidlayb o‘tdi.

Partiyamiz iqtisodiyotda davlatning ishtiroki qisqartirilishi tarafdoridir.

Birinchidan, partiya saylovoldi dasturida 2026 yilgacha soliq va kapital amnistiyasini joriy qilish taklif etilmoqda. Bu borada soliq idoralari va tadbirkorlar o‘rtasida sog‘lom muloqotni yo‘lga qo‘yish lozim, deb hisoblaymiz. Bu davlat budjetiga tushumlarni kamaytirishi mumkin, lekin uzoqli muddatda iqtisodiyotimizni qo‘llab-quvvatlashda foydali bo‘ladi, deb hisoblaymiz.

Ikkinchidvn, bugun ko‘plab fuqarolarimiz xorij davlatlarida yashab mehnat faoliyatini olib bormoqda. Xorijdagi fuqarolarimiz qo‘lida katta moliyaviy-iqtisodiy salohiyat bor, ular uylarda saqlanyapti yoki behuda sarflanyapti. Ularni bir joyga yig‘ish yoki bir moliyaviy fondga to‘plash ishlari amalga oshirilmayapti. Shu sababli biz xorijdagi fuqarolarimizni o‘z pullarini mamlakatimizga investitsiya qilishlariga chaqiramiz. Bunday kirib kelgan mablag‘larning manbasi surishtirilmaydi. Bu o‘z-o‘zidan iqtisodiyotimizga qo‘shimcha moliyaviy resurslar kirib kelishini ta’minlaydi.

Uchinchidan, kommunal sohadagi xizmatlarni davlat tasarrufidan to‘liq chiqarish lozim. To‘g‘ri, bu kommunal sohadagi narxlarni biroz oshishiga olib keladi. Lekin, bu sohadagi resurslarni to‘g‘ri taqsimlash va ulardan to‘g‘ri foydalanish aholiga xizmat ko‘rsatish va ta’minotni yaxshilashga xizmat qiladi.

To‘rtinchidan, barcha imtiyoz va preferensiyalar qonun bilan qabul qilinishi tarafdorimiz. Iqtisodiyotimizning yorqin brendlarini, yetakchi kompaniyalarni dunyo bozorida qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘ramiz.

Shuningdek, insonni to‘g‘ri tarbiyalash davlat va jamiyat xotirjam va barqaror rivojlanishining garovidir. Shu sababli ta’lim va tarbiya masalalariga nomzodning dasturida alohida ustuvor masala deb qaralgan. Jumladan, bola tug‘ilgandan maktabni tugatgunga qadar davrni qamrab oladigan ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish lozim. Shu sababli oila – bog‘cha – maktab bitta tizimga birlashtiriladi. Har bir bolaga alohida e’tibor qaratiladi.

«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi saylovlarga Sizni o‘ylantirayotgan muammolarga aniq yechimlar, aniq mexanizmlar bilan kirib kelmoqda.

Jamiyat qachon erkin bo‘ladi, qachonki adolatli qonunlar bilan boshqarilsa adolatli bo‘ladi.

Partiyamiz saylovoldi dasturida iqtisodiyotni rivojlantirishda yalpi daromadni oshirish va to‘g‘ri taqsimlashga e’tiborni qaratish, iqtisodiyotni rivojlantirish uchun daromadlar deklaratsiyalarini kiritish, deklaratsiyalash prinsini katta-katta xarajatlarga ham qo‘llash, ishchi va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini kuchaytirgan holda xufyona iqtisodiyotda ishlayotganlarni ochiqqa o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor berilgan.

Ijtimoiy sohada insonni tug‘ilganidan boshlab maktabgacha ta’lim bilan, maktab bilan, oliy ta’lim bilan, ish bilan ta’minlash masalalari va kelajakda uni nafaqaga chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Kelajakda ilm-fanga bo‘ladigan munosabatlarni, rivojlanishga bo‘ladigan munosabatlarni o‘zgartirish maqsadida oliy ta’limga yangi tizimni kiritishni taklif etilgan. Reyting tizimini qo‘llagan holda, davlat budjetida o‘qigan va semestr yakunida past reyting olgan talabalarni kontrakt shakliga o‘tkazish va kontrakt asosida tahsil olayotgan va semestr yakunida yuqori reyting natijalarini ko‘rsatgan talabalarni davlat grantiga o‘tkazish masalalarini ko‘tarib chiqmoqda.

Tibbiyot tizimiga axborot texnologiyalarini to‘la qo‘llagan holda, insonni tug‘ilganidan boshlab, uning sog‘ligiga doir ma’lumotlarni elektron shaklda bazaga kirgizib borish va bu orqali qog‘ozbozlikni yo‘qotgan holda u inson qaysi dori vositasi tavsiya qilinganidan boshlab barcha ma’lumotlar joy olishi belgilangan. Bu orqali respublikamizning barcha fuqarolarining sog‘lig‘i bo‘yicha to‘liq ma’lumot olish imkoniyati yaratiladi.

Yoshlarni ixtirochilikka, bilimga yo‘naltirib, ularni ixtirolarini sanoatga kiritish va daromad manbaiga aylantirish masalalari alohida ko‘rsatilgan. Olimlarning ixtirolarini jamiyat foydasiga yo‘naltirish maqsad qilingan.

Prezident saylovlarida bo‘lib o‘tgan ilk debatlar yuzasidan xulosa qilib aytish mumkinki, ushbu debatlar prezidentlik saylovlari uchun ilk marta bo‘lib o‘tganligi va chin ma’nodagi yangilik ekanligini ta’kidlash joiz. Ba’zi juz’iy kamchiliklarni inobatga olmasa, debatlarni qiziqarli bo‘lib o‘tganligini ta’kidlash joiz.

Rustam Rashidov,
Siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring