Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlatimiz rahbari suv sporti majmuasini borib ko‘rdi

Davlatimiz rahbari suv sporti majmuasini borib ko‘rdi

Foto: president.uz

Shavkat Mirziyoyev Guliston shahridagi suv sportiga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar maktabida qurilgan yopiq suzish havzasini borib ko‘rdi. Prezident matbuot xizmati bu haqda ma’lum qildi.

Bu maskan suzish va suvga sakrash mashqlari uchun mo‘ljallangan. Havzada tashkil etilgan 15 o‘quv mashg‘ulot guruhiga 170 dan ortiq o‘g‘il-qiz jalb qilingan. 

 Foto: president.uz

Prezident sport majmualari bolalar uchun qulay va xavfsiz bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Shu jihatdan majmuadagi shart-sharoitlarni yaxshilash, ventilyasiya, suv tozalash va isitish tizimlarini qayta ko‘rib chiqish, bunday loyihalarni jahon tajribasi asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsilar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring