Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Deputatlar Bosh vazirga so‘rov yuborishdi

Deputatlar Bosh vazirga so‘rov yuborishdi

Deputatlar «Shoshilinch tibbiy yordam va reanimatsiya bo‘limlari uchun belgilangan koykalar miqdorlarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida» Bosh vazirga parlament so‘rovini yuborishgan.

Bugun, 18-oktyabrda Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan majlisda qator qonun loyihalari muhokamasi bilan bir qatorda shu masala ham ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, majlisda O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori D.Sattarovga «Milliy standartlarni xalqaro talablarga moslashtirish, mahsulot sifati va xavfsizligini ta’minlash, sinov laboratoriyalarini rivojlantirish va o‘lchash vositalarni qiyoslashda aholiga qulayliklar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va bu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida»gi parlament so‘rovini yuborish haqida ham qaror qabul qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring