Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diniy tashkilotlar haqidagi qonunni qayta ko‘rib chiqishga xorijliklar jalb etiladi

Diniy tashkilotlar haqidagi qonunni qayta ko‘rib chiqishga xorijliklar jalb etiladi

Komilov nutq so‘zlamoqda

TIV

O‘tgan 20 yilda ilk bor «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi» qonun qayta ko‘rib chiqilmoqda. O‘zbekiston bu jarayonga xalqaro mutaxassislarni jalb etishni maqsad qilgan.

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 16-18-iyul kunlari Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan Diniy erkinliklarni ilgari surish bo‘yicha ikkinchi vazirlar konferensiyasida shu haqda nutq so‘zlagan.

AQSh tashbbusi bilan o‘tkazilayotgan forumda tashqi ishlar vazirlari darajasidagi hukumat vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, din peshvolari va fuqarolik jamiyati faollaridan iborat 115 dan ortiq mamlakatning 1000 dan ziyod vakillari qatnashgan. Unda din va e’tiqod erkinligini ta’minlash, diniy sabablarga ko‘ra ta’qib va kamsitishga qarshi kurash, din va imon erkinligini hurmat qilishni ta’minlash bilan bog‘liq muammolar muhokama qilingan.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Abdulaziz Komilov konferensiyadagi nutqida din to‘g‘risidagi milliy qonunchilikni takomillashtirish va liberallashtirishga e’tibor qaratilishini aytgan.

  • Shu paytgacha diniy adabiyotlarni ishlab chiqarish, keltirish va tarqatish uchun ruxsat olish jarayoni soddalashtirilgan.
  • Diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi yanada takomillashtirilgan.
  • Faqat 2019-yil boshidan buyon O‘zbekistonda yangi diniy tashkilotlar ro‘yxatga olingan, islomiy bo‘lmagan Sun Bogim cherkovi va yevangeliya xristian-baptistlar cherkovi shular jumlasidandir.
  • Iyegova shohidlari, Yevangeliya xristian-baptistlar cherkovlari ittifoqi va To‘liq Yevangeliya xristianlari markazi kabi diniy ozchilik vakillari qo‘shilishi hisobiga Konfessiyalar ishlari bo‘yicha Kengash tarkibi kengaytirilgan.

«Hozirda O‘zbekiston tizimli tarzda din bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanayotgan insonlar orasida jinoyatlashuv va radikallashuvning oldini olish, ekstremizm sabablari haqida erta ogohlantirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bunda mamlakatimiz «jaholatga qarshi ma’rifat» tamoyiliga asoslanmoqda», degan vazir.

So‘nggi uch yil ichida diniy sabablar bilan sudlangan 20 mingdan ortiq mahbuslar avf etildilar va «qora ro‘yxat»dan chiqarilgan. Joriy yilning may oyida davlat rahbari topshirig‘iga binoan Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududiga aldov yo‘llari bilan jalb etilgan asosan ayollar va bolalardan iborat O‘zbekistonning 156 fuqarosi Toshkentga maxsus samalyotda keltirilgan. Ushbu insonparvarlik amaliyoti yana davom ettiriladi.

O‘zbekiston delegatsiyasi vazirlar konferensiyasida ilk bor 2018-yilda ishtirok etgan edi. O‘tgan yilning dekabrida AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo qarori bilan O‘zbekiston birinchi marotaba diniy erkinlikar sohasida alohida xavotir uyg‘otadigan davlatlar ro‘yxatidan chiqargan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring