Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dushanbeda MDH sammiti boshlandi

Dushanbeda MDH sammiti boshlandi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi Koxi somon saroyida 28-sentyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi boshlandi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Davlat rahbarlari dastlab tor doirada muzokara o‘tkazdi.

Unda nutq so‘zlagan Prezidentimiz jahonda jadal o‘zgarishlar ro‘y berayotgan, xatar va tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi kunda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi zarurligini, ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi.

O‘tgan yil O‘zbekistonning MDHdagi faoliyatida yangi bosqich bo‘ldi. Mamlakatimiz Hamdo‘stlikning iqtisodiyot, energetika, fan va innovatsiyalar, jinoyatchilikka qarshi kurashish kabi sohalarni qamrab olgan 10 dan ortiq tarmoq organlariga qo‘shildi. Joriy yil boshidan O‘zbekistonning MDH davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi jadal o‘smoqda.

Mamlakatimiz tashabbuslari MDH mintaqasida savdo, iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Sammitda Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb va istiqbolli yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tdi.

O‘zbekiston 2020-yilda MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisini o‘tkazishga tayyor ekanini tasdiqladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring