Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron va O‘zbekiston TIV vakillari uchrashishdi

Eron va O‘zbekiston TIV vakillari uchrashishdi

Kecha, 22 may kuni Tehron shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vazirligining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mehdi Safariy bilan uchrashgan.

Muloqot jarayonida ikki davlat o‘rtasida bo‘lib o‘tgan oliy va yuqori darajadagi tashrif va muloqotlar hamda O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 14-yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash, jumladan, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalari va sanoat kooperatsiyasi ko‘lamini yanada kengaytirish yuzasidan qator kelishuvlarga erishilgan.

Ilm-fan va innovatsiya sohasida hamda Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatini sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari doirasida ikki davlat tomonidan e’lon qilingan qo‘shma startap loyihalari ijrosini jadallashtirish masalasi ham ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi ikki tomonlama keng qamrovli munosabatlarni yanada rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama etilgan. Tomonlar kun tartibidagi boshqa qator muhim masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring