Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fotoreportaj. Shavkat Mirziyoyev Andijon ipaklari bilan tanishdi

Fotoreportaj. Shavkat Mirziyoyev Andijon ipaklari bilan tanishdi

Foto: «President.uz»

Andijon tumanida «Andijan Silk.Co» qo‘shma korxonasi ochildi. Shavkat Mirziyoyev ushbu korxonaga tashrifi chog‘ida ramziy tugmani bosib, uning faoliyatiga start berdi. Bu yerda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

Foto: «President.uz»

Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi ushbu O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasida pilla qayta ishlanib, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

«Andijan Silk.Co» qo‘shma korxonasiga 2 million 100 ming dollar evaziga Xitoyda ishlab chiqarilgan ip yigiruv va tikuv mashinalari keltirib o‘rnatildi. Natijada 150 kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. Joriy yil oxirigacha ishchilar sonini 300 taga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

Foto: «President.uz»

Loyiha to‘liq quvvat bilan ishga tushirilgach, yiliga 300 tonna quruq pilla qayta ishlanadi. 2018-yilning o‘zida 5,1 million dollarlik tayyor mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan.

Shu yerning o‘zida pillachilikni rivojlantirish, charm-payafzal, qurilish materiallari, ip-kalava hamda gazlamalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.

Davlat rahbari mazkur loyihalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Foto: «President.uz»
Foto: «President.uz»
Foto: «President.uz»
Foto: «President.uz»
Foto: «President.uz»

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring