Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya AQSh va Rossiyani «yarashtirib» qo‘ymoqchi

Germaniya AQSh va Rossiyani «yarashtirib» qo‘ymoqchi

Foto: Reuters

Germaniya hukumati AQSh prezidenti Donald Trampga murojaat qilib, nemis biznesini Rossiyaga qarshi sanksiyalar berishdan ozod qilishini so‘ramoqchi. Bu haqda «The Wall Street Journal»ga asoslanib, «Lenta.ru» xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, ushbu masalani amerikalik hamkasblari bilan mamlakatning Moliya vaziri Olaf Shols muhokama qilmoqchi. Shuningdek, aprel oxiridagi Tramp bilan uchrashuv chog‘ida Germaniya kansleri Angela Merkel ham iqtisodiy cheklovlar mavzusini ko‘taradi.

Nashrning izoh berishicha, gap ma’lum bir kompaniyalar haqida emas, balki butun nemis biznesi haqida ketmoqda. Gazetaning ma’lumotiga ko‘ra, yirik tadbirkorlar kansler va hukumatga ta’sir o‘tkazmoqda.

AQSh sanksiyalari ta’siri ostiga Germaniyaning «Siemens», «Daimler» va «Volkswagen» kompaniyalari bilan hamkorlik qiluvchi Rossiya kompaniyalari tushgan. Tadbirkorlar rossiyalik hamkorlar bilan aloqa buzilishi sabab yuz millionlab yevrolarni yo‘qotishdan xavotirda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring