Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Putinga qurollanish poygasida g‘olib chiqishga va’da berdi

Tramp Putinga qurollanish poygasida g‘olib chiqishga va’da berdi

Foto: «Xabar.uz»

AQSh prezidenti Donald Tramp 20 mart kuni Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan telefonda gaplashganida AQSh qurollanish poygasiga tayyorligini bildirgan. Bu haqda «NBC» telekanali xabar bermoqda.

«Agar siz qurollanish poygasini xohlasangiz, biz bunga tayyormiz, lekin biz g‘alaba qozonamiz», — degan Tramp.

Tramp Putinga prezidentlik saylovida g‘alaba qozongani bilan tabriklash maqsadida qo‘ng‘iroq qilgan. Muloqotdan so‘ng AQSh rahbari qurollanish bilan bog‘liq vaziyat izdan chiqqani va bu masalani Putin bilan bo‘lib o‘tadigan «yaqin oradagi uchrashuvi»da muhokama qilishni istayotganini aytgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Trampning «qurollanish poygasida g‘alaba qozonish» borasida gapirganini inkor qilgan. Peskovning ma’lumot berishicha, Tramp bu haqda mutlaqo gapirmagan.

«Muloqot davomida bu gap aytilmadi. Biz ushbu muloqotning barcha muhim tafsilotlari haqida xabar berib o‘tdik», — deya bayonot bergan Peskov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring