Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulnora Karimovaga qarshi sanksiyalar uzaytirildi

Gulnora Karimovaga qarshi sanksiyalar uzaytirildi

Foto: «24SMI»

AQSh prezidenti Donald Tramp 2017-yil dekabridagi 13818-farmonni uzaytirdi. Sanksiyalarga turli mamlakatlardan 13 nafar shaxs kiritilgan. Ular orasida Gulnora Karimova ham bor.

Shuningdek, Rossiya bosh prokurorining o‘g‘li Artyom Chayka, Ukrainaning «Berkut» maxsus bo‘linmasi sobiq qo‘mondoni Sergey Kusyuk hamda Serbiya, Xitoy, Nikaragua, Janubiy Sudan va Pokiston fuqarolari ham ushbu ro‘yxatdan joy olgan.

AQSh tomoni fikriga ko‘ra, Gulnora Karimova «biznes ekspropriatsiyasi, bozorlarning monopolizatsiyasi, poralar talab qilish va reket uchun davlat resurslarini ishlatgan qudratli uyushgan jinoiy birlashmaga» rahbarlik qilgan.

Sanksiyalar AQSh yurisdiksiyasida bo‘lgan barcha aktivlarni bloklash, shuningdek, amerikalik fuqarolarga sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan shaxs yoki tashkilot bilan har qanday bitimga borishni taqiqlashni nazarda tutadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring