Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki vazir hayfsan oldi

Ikki vazir hayfsan oldi

Foto: «Medvestnik»

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan, Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida o‘tkazilgan o‘qituvchi, shifokor va talabalarni obodonlashtirish va yig‘im-terim ishlariga majburiy jalb qilinishiga qarshi qaratilgan videoselektor yig‘ilishida ikki vazir va XTB boshliqlari ham intizomiy jazoga tortildi.

Avvalroq hokimlarga hayfsan va ogohlantirish berilgani haqida xabar qilgandik.

Yig‘ilishda ishtirok etgan «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali muxbirining ma’lum qilishicha, Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Yo‘ldoshevga, Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Burxonovga ta’lim sohasi vakillarini obodonlashtirish va o‘z majburiyatiga kirmaydigan ishlarga jalb qilishgani uchun hayfsan e’lon qilindi.

Shuningdek, xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash vazirlari Ulug‘bek Inoyatov hamda Alisher Shodmonov majburiy mehnat holatlari bo‘yicha faktlarni berkitishgani va holatni ochiq bayon qilishmagani uchun hayfsan olishdi.

«Barcha shahar va tuman hokimlarini oxirgi marotaba ogohlantiraman. Prezidentimiz bu vaziyat bo‘yicha qat’iy topshiriq berdi. Bu ishlaringiz – davlatimiz olib borayotgan siyosatga xiyonat! Bundan keyin takrorlansa, nafaqat ishdan olinasiz, balki tegishli tartibda jinoiy javobgarlikka ham tortilasiz», – deya qattiq ogohlantirdi Abdulla Aripov.

Izohlar 3

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring