Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Teledebat haqida fikrlar: ijobiy tomonlar nimada?

Teledebat haqida fikrlar: ijobiy tomonlar nimada?

Mana ko‘pchilikni qiziqtirgan Prezidentlikka nomzodlarning vakillari o‘rtasidagi bahs-munozaralarni «O‘zbekiston24» telekanali orqali kuzatdim. Bu haqda ko‘p gapirish, turli xil fikrlarni aytish mumkin. Lekin men ijobiy yondashuvchi sifatida, o‘zimga yoqqan ayrim jihatlari bo‘yicha fikrlarimni aytmoqchi edim:

- birinchidan, teledebat noodatiy holda birinchi qadam sifatida yangi formatda tashkil etildi. Shunga guvoh bo‘ldimki, nomzodlarning vakillari aholini qiziqtirayotgan dolbzarb masalalarga nisbatan o‘zlarining yondashuv va pozitsiyasi borligini ko‘rsatdi;

- ikkinchidan, tortishuvlarda partiyalar vakillarining bir-biriga nisbatan qarama-qarshi takliflarni ilgari surishi hamda e’tiroz bildirgan holatlari bo‘lsa ham, ular bahslarda umumiy maqsad birligini namoyish etishdi.

- uchinchidan, narx-navo, tashqi qarz va mamlakatdagi monopoliya haqidagi bahslar qiziqrali bo‘ldi.

Farxod Primov,
yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring