Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qamoqxonalardan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar nazorati bo‘yicha qonun imzolandi

Qamoqxonalardan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar  nazorati bo‘yicha qonun imzolandi

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi. 

Qonunda belgilanishicha ma’muriy nazorat bu sud tomonidan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga qo‘llaniladigan cheklovlardan iborat tarbiyaviy ta’sir chorasidir.

 Qonunga muvofiq, quyidagi voyaga yetgan shaxslarga sud tomonidan ma’muriy nazorat o‘rnatiladi:

-o‘ta xavfli retsidivistlar;

-og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar, shu jumladan boshqa davlatlarda ozodlikdan mahrum qilinganlar;

- qasddan qilingan jinoyatlari uchun ikki yoki undan ortiq ozodlikdan mahrum qilinganlar.

 Ma’muriy nazorat davrida quyidagi cheklashlar belgilanishi mumkin:

- yashash joyidan tashqarida bo‘lishni taqiqlash;

- muayyan joylarda bo‘lishni taqiqlash;

- sud belgilagan hududdan ichki ishlar organining ruxsatisiz chiqishni taqiqlash;

- ro‘yxatdan o‘tish uchun har oyda bir martadan to‘rt martagacha ichki ishlar organiga kelish;

- alkogolli ichimliklarni takiklash.

Ma’muriy nazorat olti oydan bir yilgacha muddatga o‘rnatiladi.

Quyidagi holatlarda ma’muriy nazorat tugatiladi:

- muddat tugaganda;

- sudlanganlik tugallangan yoki olib tashlanganda;

-nazorat ostidagi shaxs ozodlikdan mahrum etilganda;

- shaxsga tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilganda;

- shaxs boshqa davlatga doimiy yashash uchun chiqib ketganida;

- shaxs vafot etganida.

Shuningdek, qonunda nazorat ostidagi shaxslarning, ichki ishlar organlarining huquq va majburiyatlari belgilab berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring