Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident: «Jurnalga yozgan bilan odamlar tuzalib, muammosi hal bo‘lib qolmaydi»

Prezident: «Jurnalga yozgan bilan odamlar tuzalib, muammosi hal bo‘lib qolmaydi»

Shavkat Mirziyoyev

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning 22-dekabrida mamlakat parlamenti — Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi azolariga murojaatida xalq bilan muloqot mexanizmlari hali to‘liq ishlab ketmayotganini ta’kidladi.

«Men «Xalq davlat idoralariga emas, davlat xalqimizga xizmat qilishi kerak», degan gapni hamma joyda, ko‘p takrorlayapman. Kimgadir yoqadimi-yoqmaydimi, bu yo‘lga xayrihoh har bir odam shunga asoslansa, kelajagi bo‘ladi. Davlat rahbarlari, avvalo, birinchi rahbarlar kabinetda o‘tirmasdan, joylarga borib, aholini bezovta qilayotgan eng dolzarb muammolari yechimi bilan shug‘ullanishni boshladi, desak to‘g‘ri bo‘ladi.

Albatta, qiyin bo‘lyapti. Biz hali tizimni bilmaymiz. Xonadonga kiryapmiz, tibbiyot xodimlari potranaj boshlayapti, lekin hali nima qilishni, qanday qilishni bilmaydi. Natijasi nima bo‘lishini esa mutlaqo bilmaydi.

Kirib-chiqqan bilan natija bo‘lmaydi, jurnalga yozgan bilan odamlar tuzalib qolmaydi, jurnalga yozib qo‘ygan bilan odamlar ishli bo‘lib qolmaydi, svet-gazi bo‘lib qolmaydi, bu sharoitda bolasi bog‘chaga bormaydi», — dedi Prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring