Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kim Chen In haqida ajabtovur faktlar

Kim Chen In haqida ajabtovur faktlar

Kim Chen In rafiqasi Li Sol Chju bilan

Foto: Pravda.Ru

Shimoliy Koreya rahbarining shaxsiy hayoti haqida ko‘p narsalar ma’lum emas. Bu haqida deyarli gapirilmaydi. Ammo shunday mulohazalar borki, ular «yopiq mamlakat» rahbariga nisbatan qiziqish uyg‘otadi.

  1. Uning tug‘ilgan vaqti ma’lum emas.

    Kim Chen In 1982-yoxud 1983-yilda tug‘ilgan. Hatto 1984 yili tug‘ilgan degan taxminlar ham bor. U har doim katta yoshli bo‘lib ko‘rinishga harakat qiladi, shuning uchun rasmiy tug‘ilgan yili 1982-yil deb berilgan. Ammo Janubiy Koreya razvedkasi uni 1984 yilda tug‘ilgan deb hisoblaydi. Nima bo‘lganda ham u jahonning eng yosh yetakchilaridandir. 

  2. Uning bolaligi sirli kechgan.


    Bo‘lajak rahbar yoshligidagi suratlarini bosib chiqarishlarini istamaydi. Garchi 2014-yili KXDR harbiy havo kuchlari kuni munosabati bilan televizorda bir nechta surati namoyish qilingan bo‘lsa-da, ularning haqiqiyligiga shubha bilan qaraladi.

  3. U qizlardan mahalliy pop guruhini tuzgan.


    Shimoliy Koreyada ham pop musiqa bor, ammo u biz bilgan pop yo‘nalishlariga o‘xshamaydi. Unda uzun sochli ijrochilar emas, qo‘shiqlarida Shimoliy Koreya aholisining naqadar yaxshi yashayotganini ulug‘lovchi guruh bo‘ladi. Kim Chen Inning o‘zi shaxsan «Moranbong» pop qizlar guruhini tuzgan.

  4. U bir nechta nomga ega.


    Kim Chen Inni «Koreya Xalq Demokratik Respublikasi rahbari, partiya, armiya va xalqning rahnamosi» deb atashadi. Uni yana yangi yulduz, ajoyib o‘rtoq, daholar orasidagi daho va KXDR marshali ham deyishadi. Bundan tashqari bu odam Malayziyadagi HELP xususiy universitetning iqtisod doktori ilmiy darajasiga ega.

  5. U boshqa ism bilan Shveysariyada ta’lim olgan.


    Uning 1998 — 2000-yillarda Pak In nomi bilan Bernda ta’lim olgani aytiladi. Kim Chen In elchixona xodimining o‘g‘li sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Hamsaboqlarining eslashicha, u yoshligida ajoyib yigitcha bo‘lgan, siyosatga emas, sportga ko‘proq mehr qo‘ygan.

  6. U basketbol ishqibozi va Dennis Rodmenning do‘stidir.


    Kim Chen In basketbolni yaxshi ko‘radi. Hatto 2013-yilda u Dennis Rodman bilan o‘z shaxsiy orolida uchrashgan edi. Ikki xil dunyoqarashga ega bo‘lishiga qaramay, ular do‘stlashib ketishdi. Dennis u haqida «Balki u telbadir, ammo men buni sezmadim» degan edi.

  7. U barcha rasmlarga jilmaygan holda tushadi.

    Hammasi puxta o‘ylangan: u xalq uchun baxtiyorlik timsolidir.

  8. Uning soch kuzatish usuli xipsterlarni eslatadi.


    Ammo haqiqiy xipsterlarnikidan biroz boshqacha.

  9. Agar u ozg‘in bo‘lganida...


    Kim Chen Inning «oriq» variantida uning haqiqiy qiyofasiga qaraganda jahldorroq va jiddiy yigitni ko‘rish mumkin.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring