Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Konstitutsiyaviy komissiya Qoraqalpog‘istondagi voqealarga rasmiy munosabatini beradi

Konstitutsiyaviy komissiya Qoraqalpog‘istondagi voqealarga rasmiy munosabatini beradi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Odiljon Tojiyev Qoraqalpog‘istondagi voqealarga o‘z munosabatini bildirgan.

«Kecha barchamiz jondo‘st qoraqalpoq zaminida ro‘y bergan voqealar rivojini kuzatdik. Xususan, Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari ham vaziyatni diqqat bilan kuzatdi, tarmoqda yangrayotgan fikrlarni tahlil qilib bordi. Bir guruh populistlar provakatsion harakatlar natija berishidan umid qilib, shiorbozlikka berilib, xalqni ko‘chaga chiqishga chorladi.

Ta’kidlaymizki, Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan taqdim qilingan qonun loyihasi oxir-oqibat O‘zbekiston xalqining, jumladan, Qoraqalpoqlarning ham orzu-intilishlari ifodasi bo‘ladi. Ommaviy tartibsizlik keltirib chiqarishga uringan ig‘vogarlar qoraqalpoq xalqining umumiy fikrini ifoda qilmaydi.

Hujjat tor doirada muhokama qilinmayapti, umumxalq muhokamasi o‘tkazilayapti. Shu omilning o‘ziyoq davlatning ochiqlik siyosati, har bir ishda xalq fikri bilan hisoblashishini ko‘rsatadi. Demokratiya va oshkoralikni ommaviy tartibsizlikka aylantirish qanday oqibatlarga olib kelganiga hozir o‘nlab misollab keltirishim mumkin. Lekin, shusiz ham hammasini his qilib turibsiz, deb o‘ylayman.

Komissiya ushbu holatga doir rasmiy munosabatini beradi. Hozir esa qisqacha qilib bir gapni aytishimiz mumkin: xalq fikrini ifoda qiladigan minbarlar, muhokama maydonlari – provakatorlarning resurslari emas.

Biz bu vaziyatga yanada jiddiy yondashishimiz lozimligini tobora ravshanroq tushunyapmiz», deb yozgan Tojiyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring