Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

KXDR rahbari Janubiy Koreya prezidentini Pxenyanga taklif qildi

KXDR rahbari Janubiy Koreya prezidentini Pxenyanga taklif qildi

Foto: «www.itv.com»

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inni Pxenyanga taklif qildi. Shu orqali 2007 yildan beri o‘tkazilmayotgan ikki Koreya davlati o‘rtasidagi sammit bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Ushbu rasmiy taklifni Mun Chje Inga Shimoliy Koreya rahbarining singlisi Kim Yo Chjon yetkazgan. U ayni paytda Qishki olimpiya o‘yinlari munosabati bilan Janubda bo‘lib turibdi.

Janubiy Koreya yetakchisi shanba kuni Shimol delegatsiyasi bilan ikki davlat o‘rtasidagi  munosabatlarni yaxshilash, yadro va raketa dasturlari bilan bog‘liq muammolarni ijobiy hal qilish masalasida muzokaralar o‘tkazdi.

Kim Chen Inning singlisi Shimoliy Koreyani boshqarayotgan Kimlar oilasining, 1953-yilda Koreya urush tugagandan so‘ng, Janubiy Koreya tuprog‘iga qadam qo‘ygan ilk vakilasi sanaladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring