Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy Osiyo prezidentlari Toshkentda yig‘iladi

Markaziy Osiyo prezidentlari Toshkentda yig‘iladi

Birinchi maslahat uchrashuvi, Ostona, 2018 yil, mart

Markaziy Osiyo davlatlar rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

21-avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov “C5+1” shaklidagi uchrashuvda ishtiroki doirasida Nur-Sulton shahrida Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Beybut Atamqulov bilan shu uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish masalasini ko‘rib chiqqan.

Shuningdek, vazirlar ikki tomonlama hamkorlik institutlarining bo‘lajak yig‘ilishlari kun tartibi va ularni o‘tkazish jadvalini ham muhokama qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlarining ilk Maslahat uchrashuvi 2018-yil martda Ostona shahrida bo‘lib o‘tgandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan ushbu uchrashuvning bu yilgisi Qozog‘istondagi prezident saylovi sabab ortga surilgandi.

Maslahat uchrashuvi aynan qaysi sanada o‘tkazilishi hozircha ma’lum emas. Norasmiy xabarlarga ko‘ra, kuz oylarida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring