Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev Buxoroga tashrifini tanqidiy ruhdagi yig‘ilish bilan boshladi

Mirziyoyev Buxoroga tashrifini tanqidiy ruhdagi yig‘ilish bilan boshladi

Foto: «President.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifi chog‘ida dastlab viloyat va tumanlar hokimlari, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, mutasaddilar bilan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda joriy yil 16-17-fevral kunlari davlat rahbarining viloyatga tashrifi davomida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘shanda viloyat iqtisodiyotini har tomonlama rivojlantirish, yangi sanoat korxonalari va tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etish, mahalliylashtirish darajasi va eksport hajmini oshirish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish, qishloq xo‘jaligini tarkibiy o‘zgartirish, yangi uy-joylar, ijtimoiy ob’yektlar qurish bo‘yicha ko‘plab topshiriqlar berilgan edi. Buning uchun zarur mablag‘ va resurslar ajratildi.

Yig‘ilishda mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar kutilgan darajada emasligi jiddiy tanqid qilindi. Muddatidan kechikayotgan yoki bajarilmayotgan loyihalar ko‘rsatib o‘tilib, buning sabablari muhokama etildi.

Shavkat Mirziyoyev belgilangan vazifalarni bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan mutasaddilarni jiddiy ogohlantirdi. Barcha rejalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, «aravasini tortolmagan» rahbarlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring