Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mirziyoyev va Putin o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi

Mirziyoyev va Putin o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi

Foto: «Rrezident.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-may kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda «Prezident.uz» xabar bermoqda.

Muloqot avvalida davlatimiz rahbari Vladimir Putinni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti lavozimiga kirishgani bilan yana bir bor samimiy tabriklab, unga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotgani, shuningdek, o‘zaro manfaatli keng ko‘lamli hamkorlikda erishilgan yutuqlar chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.

Muloqot davomida davlatlar rahbarlari Rossiya Federatsiyasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifiga tayyorgarlik doirasidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda, jumladan, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiya faoliyati doirasida avval erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni amalga oshirish muhim ekani ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan Rossiyaning yetakchi kompaniya va banklari ishtirokida energetika majmuasi, mashinasozlik, elektrotexnika sanoati va boshqa yuqori texnologik tarmoqlarda istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish masalalariga e’tibor qaratildi.

Tomonlar hududlar darajasida faol muloqotlarni davom ettirish hamda joriy yil kuzida Toshkent shahrida O‘zbekiston va Rossiya hududlararo birinchi forumini o‘tkazish haqida kelishib oldi.

Turizm va madaniyat sohalaridagi almashinuvlarni yanada kengaytirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida o‘zaro manfaatli dasturlarni amalga oshirish zarurligi qayd etildi.

Davlatlar rahbarlari xalqaro siyosatning dolzarb masalalarini ham muhokama qildilar. Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlari turli formatlarda yaqindan hamkorlik qilishni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring