Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mirziyoyev va Tramp uchrashuvida Shimoliy Koreya bo‘yicha savol berildi

Mirziyoyev va Tramp uchrashuvida Shimoliy Koreya bo‘yicha savol berildi

Foto: Getty Images

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSh Prezidenti Donald Tramp o‘rtasida Oq uyda uchrashuv bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Oval kabinetda bo‘lib o‘tgan tor doiradagi uchrashuvda Prezidentlar OAV vakillari oldida chiqish qildilar. AQSh jurnalistlari ikki davlat rahbarini savollarga ko‘mib tashladi. Shimoliy Koreyaning tahdidi haqidagi savolga Tramp quyidagicha javob berdi:

— Hali hech narsadan xabarimiz yo‘q. Hech nimani ko‘rmadik va eshitmadik. Nima bo‘lishini kuzatamiz.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 12-iyun kuni Donald Tramp va Kim Chen In Singapurda uchrashishi kelishib olingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring