Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Misr Prezidenti O‘zbekistonga yetib keldi

Misr Prezidenti O‘zbekistonga yetib keldi

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh Said Husayn Xalil as-Sisi bugun, 4-sentabr kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Foto: «President.uz»

Qisqa suhbatdan so‘ng Misr Arab Respublikasi delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

Tashrifning asosiy voqealari 5-sentabrga mo‘ljallangan. Shavkat Mirziyoyev va Abdulfattoh as-Sisining oliy darajadagi uchrashuvlarida O‘zbekiston – Misr hamkorligini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, O‘zbekiston bilan Misr o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm, fan, ta’lim, madaniyat, sport sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan hukumatlararo va idoralararo salmoqli hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Misr Prezidentining tashrifi doirasida Toshkent shahrida ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining biznes-forumi va kooperatsion birjasini o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring