Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mudofaa vazirligi tizimida tayinlovlar amalga oshirildi

Mudofaa vazirligi tizimida tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston mudofaa vazirining buyrug‘iga ko‘ra, polkovnik Iskandar Mamatmusayevich Mallayev Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Bunga qadar Iskandar Mallayev Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelayotgan edi.

Iskandar Mallayev Donetsk oliy harbiy-siyosiy muhandis va aloqa qo‘shinlari bilim yurti hamda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasini tamomlagan. 2014-yilda «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan.

Shuningdek, Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshaqarmasining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Nuriddin Bahriddinovich Qodirov Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egalladi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Nuriddin Qodirov Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtini va Qurolli Kuchlar akademiyasini tamomlagan. Xizmati davomida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlarida quyi pog‘onalardagi qator lavozimlardan o‘tgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring