Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oliy bosh qo‘mondon Qurolli Kuchlar Akademiyasida bo‘ldi

Oliy bosh qo‘mondon Qurolli Kuchlar Akademiyasida bo‘ldi

Foto: «President.uz»

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 26 yilligi arafasida yangidan qurib bitkazilgan Qurolli Kuchlar Akademiyasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Akademiyada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. O‘quv xonalari, oshxona, kursantlar yotoqxonalarida bo‘lib, ularning ta’lim olishi, harbiy amaliyotlarni bajarishini ko‘zdan kechirdi.

Shavkat Mirziyoyev kursantlar bilan suhbatlashdi. Ularni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi bilan tabrikladi.

Ma’lumot uchun, Prezidentimiz 2017 yilning yanvar oyida Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtida bo‘lib, mazkur bilim yurti zamirida mutlaqo yangi Qurolli Kuchlar Akademiyasini tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar bergan edi. Davlat rahbarining 2017-yil 25-apreldagi qarori bilan Qurolli Kuchlar Akademiyasi qayta tashkil qilindi.

Butunlay zamonaviy qiyofa kasb etgan Akademiyada ta’lim jarayoniga eng yangi usul va texnologiyalar joriy etilgan. O‘quv auditoriyalari zamonaviy trenajyorlar, o‘quv va laboratoriya asbob-uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring