Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari​ muhokama qilindi

O‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari​ muhokama qilindi

Foto: O‘zA

2020-yilning 24–27-avgust kunlari Toshkent shahrida o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatlari delegatsiyalarining navbatdagi yig‘ilishi va ishchi guruhlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

26-avgust kuni Vazirlar Mahkamasida o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari izchil kengayib, mustahkamlanib borayotgani qayd etilgan, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari ko‘rib chiqilgan edi.

Mazkur uchrashuv chog‘ida Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – delegatsiya rahbari Akram Madumarov pandemiya davrida O‘zbekiston rahbariyatining qirg‘iz xalqiga ko‘rsatgan insonparvarlik yordamlari uchun Qirg‘iziston rahbariyati nomidan samimiy minnatdorlik bildirgan.

Hukumatlar delegatsiyalarining 27-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yakuniy muzokaralari doirasida tomonlar 2017-2020-yillarda ikki mamlakat ishchi guruhlari tomonidan ishlab chiqilgan davlat chegarasining ayrim nuqtalarini belgilash loyihasini tasdiqlash haqida kelishuvga erishgan. O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida ayrim o‘tkazish punktlarini ochish masalasi ham muhokama qilingan.

Do‘stlik va yaqin qo‘shnichilik ruhida o‘tgan muzokaralar yakunida tegishli bitimlar imzolandi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring