Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashga doir farmonni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev  O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashga doir farmonni imzoladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanalida xabar qilindi. 

Farmonga muvofiq, Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya tuzildi.

Bundan tashqari, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tuzilib, uning asosiy vazifasi mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilash va amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib borish hisoblanadi.

Prezident avvalroq, O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonunni imzolagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring