Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Argentinaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Argentinaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Eduardo Antonio Zuayn Argentinaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Moskva shahrida). Bugun, 23 iyun kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov uni qabul qilgan.

Norov elchiga ishonch yorliqlarini topshirib, diplomatik missiyasini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tilagan. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Argentina hamkorligining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilingan.

«Eduardo Antonio Zuayn ta’kidlaganidek, Argentina Yangi O‘zbekistonni Rivojlantirish strategiyasining amalga oshirilish jarayonini katta qiziqish bilan kuzatib, respublikaning ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida kechayotgan o‘zgarishlarni olqishlaydi. Buyenos-Ayres O‘zbekiston bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishni ustuvor vazifa deb biladi va bu borada qat’iy amaliy choralar ko‘rishga tayyordir», deyiladi TIV xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring