Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston–Belarus maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlari nihoyasiga yetdi (foto)

O‘zbekiston–Belarus maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlari nihoyasiga yetdi (foto)

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

«Jangovar hamdo‘stlik–2019» shiori ostida O‘zbekiston–Belarus maxsus bo‘linmalari harbiy xizmatchilari o‘rtasida o‘tkazilgan hamkorlikdagi maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy qismi yakuniga yetdi, deya xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati. 

Mazkur mashg‘ulotlarni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi rahbariyati hamda mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Belarus qurolli kuchlari delegatsiyasi vakillari bevosita kuzatib bordi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

«Jangovar hamdo‘stlik–2019» taktik-o‘quvida rejalashtirilgan barcha mashg‘ulotlar umumlashib, har ikki mamlakat harbiy xizmatchilarining yuksak jangovar shayligi, tezkorligi va aniqligini ifoda etdi. Vatanimiz va mehmon harbiylari razvedka xizmatining to‘liq ma’lumotlariga asosan shartli dushman o‘rnashgan hududni qurshab oldi. Hamkorlikdagi maxsus bo‘linmalarning «garovga» olingan shaxslarni ozod etish hamda shartli noqonuniy qurollangan to‘daning so‘zsiz taslim bo‘lishi haqidagi talabi keskin rad etilgach, ularning mudofaa chizig‘i qaqshatqich zarbalarga duchor bo‘ldi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli Mi-8 vertolyotining desantlashtirish harakatlari shartli dushman mudofaasi ort qismini o‘qqa tutish imkonini yaratdi. Garovga olingan bolalar va fuqarolarni o‘zbek va belorus harbiylari betalafot evakuatsiya qildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining Pop tumani bo‘limi va tez tibbiy yordam tezkor xodimlari tomonidan jarohatlangan shaxslarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, evakuatsiyasi amalga oshirildi, yong‘inlar o‘chirildi. Hudud xavfdan butkul xoli bo‘ldi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

«Jangovar hamdo‘stlik–2019»ning yopilish marosimida ishtirok etgan har ikki mamlakat mutasaddi vakillari mazkur zamonaviy jang amaliyoti namoyishining yuqori saviyada o‘tganini e’tirof etdi. Maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘rnak bo‘lgan harbiy xizmatchilar har ikki mamlakat mudofaa idoralari tomonidan taqdirlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring