Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston mudofaa vaziri XXR Markaziy harbiy kengashi raisi o‘rinbosari bilan uchrashdi

O‘zbekiston mudofaa vaziri XXR Markaziy harbiy kengashi raisi o‘rinbosari bilan uchrashdi

Foto: «

O‘zbekiston Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Pekinda XXR Markaziy harbiy kengashi raisi o‘rinbosari Chjan Yusya bilan uchrashdi. Bu haqda «Xalq so‘zi online» nashri xabar bermoqda.

«Ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgandan buyon o‘zaro do‘stlik, hamkorlik va umumiy muvaffaqiyat prinsiplari qo‘llab-quvvatlanmoqda. Xitoy O‘zbekistonni ikki davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan konsensuslarni hayotga tatbiq etish uchun “Bir makon, bir yo‘l” qurilishi, Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida aloqalar va muvofiqlashtirishni, siyosiy va strategik o‘zaro ishonchni uzluksiz mustahkamlash, barcha sohalarda amaliy hamkorlikni faollashtirish, armiyalar o‘rtasidagi munosabatlar va har tomonlama strategik sheriklik bo‘yicha Xitoy —O‘zbekiston aloqalarini boyitishda ishonchli do‘st va strategik sherik sifatida ko‘radi», — dedi Ch. Yusya.

A. Azizov, o‘z navbatida, Xitoy O‘zbekistoning buyuk qo‘shnisi ekanligini qayd etdi. Uning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston Xitoy bilan har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishi uchun o‘z sa’y-harakatlarini safarbar etayapti, Xitoy tomoni bilan hamkorlik salohiyatini o‘zlashtirishga tayyor. U bu borada Qurolli kuchlar o‘rtasidagi aloqalar muhim ahamiyat kasb etishini aytib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring