Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston yana bir davlat bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi

O‘zbekiston yana bir davlat bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi

29-noyabr kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston bilan Panama o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilishi to‘g‘risidagi qo‘shma kommyunike imzolandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. 

O‘zbekiston va Panama hukumatlari nomidan hujjatni BMT huzuridagi ikki mamlakatning doimiy vakillari Baxtiyor Ibragimov va Markov Consepsion Jaramillalar imzoladilar.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan o‘zaro manfaatdorligini tasdiqladilar.

O‘zaro manfaatli hamkorlik uchun yangi yo‘nalishlarini o‘rganish bo‘yicha ikki tomonlama aloqalarni davom yettirishga kelishib olindi, deyiladi TIV xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring