Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda yangi partiya davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

O‘zbekistonda yangi partiya davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Ekologik partiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi, Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi. 

«Partiya ixtiyoriy ravishda umumiy qarashlar, qiziqish va maqsadlarga ega, mamlakatimiz barqaror taraqqiyoti va ekologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni birlashtirishga intilayotgan, atrof-muhit va fuqarolar salomatligi muhofazasi, tabiiy resurslardan unumli foydalanish va ularni asrash bilan bog‘liq faoliyatda mas’uliyat bilan ishtirok etayotgan mamlakatimiz fuqarolarini birlashtiradi» deyiladi xabarda.

Shunga ko‘ra, xalqaro tajribada  «yashillar partiyasi» deb nomlanuvchi ekologik yo‘nalishdagi O‘zbekiston Respublikasidagi siyosiy kuch birinchi marotaba rasman partiya maqomiga ega bo‘ldi.

Shu munosabat bilan, Adliya vazirligida vazir o‘rinbosari Akbar Toshqulov ishtirokida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Boriy Alixanov va partiya faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisiga partiya davlat ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma taqdim qilindi.

Ma’lumot uchun: dunyoda ekologiya yo‘nalishidagi qariyb 100 ta siyosiy partiya faoliyat yuritadi. «Yashillar» vakolatli organlardan o‘z o‘rniga ega bo‘lib, parlament orqali ekologiya sohasidagi davlat siyosati g‘oyalarini ilgari suradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring