Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»ga yangi rais tayinlandi

«O‘zbekneftgaz»ga yangi rais tayinlandi

Foto: Xalqaro press klub

Hukumat qarori bilan Bahodirjon Bahromovich Sidiqov «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi. 

Bahodirjon Sidiqov shu vaqtga qadar Vazirlar Mahkamasi Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri lavozimda faoliyat yuritgan. 

Avvalgi rais Bahrom Ashrafxonov Moliya vazirining ijtimoiy soha masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani uchun lavozimidan ozod etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring