Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pompeo Mirziyoyevning islohotlarini yuqori baholadi

Pompeo Mirziyoyevning islohotlarini yuqori baholadi

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

3-fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari hamda mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil may oyida AQShga tashrifi va prezident Donald Tramp bilan muzokaralari yakuniga ko‘ra qabul qilingan strategik sheriklikning yangi davri boshlanishi to‘g‘risida Qo‘shma bayonot qoidalarini izchil amalga oshirish, ko‘p qirrali hamkorlikni chuqurlashtirishga tomonlar sodiq ekanligi tasdiqlandi.

«Tashqi siyosat idoralari rahbarlari turli sohalardagi o‘zaro manfaatli aloqalar mustahkamlanayotganligi va jadal rivojlanayotganligini mamnuniyat bilan ta’kidladilar. Shu nuqtai nazardan, so‘nggi ikki yil ichida savdo hajmi ikki baravar o‘sgani qayd etildi», deyiladi TIV xabarida.

AQSh Davlat kotibi O‘zbekiston prezidenti tomonidan davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish, jamiyatni demokratlashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirish va qonun ustuvorligini mustahkamlash borasida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

Muzokaralarda madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni kengaytirish, diniy erkinlikni ta’minlash va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha olib borilayotgan choralarga alohida e’tibor qaratildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring